Coca-Cola Superliga 2-turidan o`rin olgan “Nasaf” – “Andijon” (2:1) uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
“Bugun muxlislarimizga bayram qilib berishimiz shart edi. Lekin o`yinni xato bilan boshladik. Yigitlar iroda ko`rsatishdi va buning uchun ularga rahmat aytish lozim. Qatorasiga ikkinchi bor bunday holat ro`y bermoqda. Ammo bunday g`alabadan xursandmiz. Chunki jamoamizning xarakterini ko`rsatib bermoqda.
Umuman olganda uchrashuv to`liq bizning ustunligimizda o`tdi. Faqat gol kiritishimiz biroz cho`zildi. Goldan so`ng futbolchilarim yanada erkinroq harakat qilishdi. O`ylaymanki stadionga yig`ilgan muxlislar o`yindan ham, natijadan ham xursand bo`lib qaytishdi”, – dedi Berdiev.