Andrey Kanchelskis: "Navbahor" yuqori o`rinlar uchun kurashadi

Superliga 2-turidan o`rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” (2:0) uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Kanchelskis matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Barcha namanganlik muxlislarni va futbolchilarimni g`alaba bilan tabriklayman. O`ylashimcha bugun biz kuchli o`yin namoyish qildik va g`alabaga haqli edik. Maqsadimiz – har bir o`yinda g`alaba uchun maydonga tushish. Agar shunday o`ynashda davom etsak, o`ylaymanki, yuqori o`rinlar uchun kurashamiz. “Lokomotiv” kuchli va hurmatga loyiq jamoa, ammo biz bugun ulardan yaxshiroq harakat qildik”, - dedi Kanchelskis.

“Navbahor” matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi

mib
uzcard
cola
apex
bmb