Coca-Cola Superliga 2-turidan o`rin olgan “Metallurg” – “Qo`qon-1912” (1:0) uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
“Qo`qon-1912” ilk tur o`z maydonida 3:0 hisobidagi yirik g`alabani qo`lga kiritgan edi. Biz ham Olmaliqda yaxshi o`yin ko`rsatgan edik. Ikkala jamoa yaxshi kayfiyatda bugungi uchrashuvga etib kelishdi. Birinchi bo`lim yaxshi o`tdi, tartibli o`yin namoyish etdik. Ikkinchi bo`limda esa ustunlik to`liq qo`qonliklar tarafida bo`ldi. Mehmonlar mag`lubiyatga, biz ham balki g`alabaga loyiq emasdik. Ammo bu futbol va ba`zan shunaqasi ham bo`lib turadi.
Hisob 1:0 bo`lib turgan paytda qulay imkoniyatga ega bo`ldik, biroq foydalana olmadik. Qo`qonliklarda ham ko`plab vaziyatlar yuzaga keldi, standart vaziyatlar borasida ham to`liq ustunlik ularda bo`ldi”, – dedi Shipilov.
“Metallurg” matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi