
Futbol uchrashuvlari vaqtida rasmiy shaxslar tomonidan tartib-intizomga rioya etilishini ta`minlash maqsadida quyidagi rasmiylar jarimaga tortildi.
Jumladan, Superliganing 1-turi doirasidagi “Qizilqum”-“Nasaf” futbol klublari o`rtasidagi bo`lib o`tgan uchrashuv vaqtida futbol klubi shifokori Olimxon Ne`matov texnik zonada telefondan foydalangani, bu bilan u Professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalar reglamentining 9.13-bandini buzgani uchun Intizom kodeksining 5.34-bandlariga asosan unga nisbatan ogohlantirish hamda moddiy jarima intizom chorasi qo`llanildi.
Superliganing 1-turi doirasidagi “Mash`al”-“So`g`diyona” futbol klublari o`rtasidagi bo`lib o`tgan uchrashuvdan so`ng “So`g`diyona” futbol klubi bosh murabbiyi Ulug`bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etmagani, bu bilan u Professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalar reglamentining 9.17-bandini buzgani uchun Intizom kodeksining 5.34-bandlariga asosan unga nisbatan ogohlantirish hamda moddiy jarima intizom chorasi qo`llanildi.