O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qo`mitasining yig`ilishi o`tkazildi. Unda Coca Cola Superliga 1-tur uchrashuvlaridan so`ng “Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi Muxsin Muhammadiev hamda “Navbahor” futbol klubi o`yinchisi Ivan Solovyovga nisbatan intizom chorasini qo`llash masalalari ko`rib chiqildi.
Xususan, Coca Cola Superliga 1-turi doirasidagi “Qo`qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan so`ng o`tkazilgan matbuot anjumani vaqtida “Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi Muxsin Muhammadiev uchrashuv hakamlarining o`yin davomida qabul qilgan qarorlarini haqorat qilib, bu bilan O`zbekiston professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalarni o`tkazish Reglamentida belgilangan uchrashuv rasmiy shaxslariga nisbatan protest va shikoyat bildirish tartibiga rioya qilmagani uchun unga nisbatan Intizom kodeksining 2-bo`lim 5.39-bandiga muvofiq moddiy jarima belgilandi.
Shuningdek, Coca Cola Superliga 1-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng “Navbahor” futbol klubi o`yinchisi Ivan Solovyov ijtimoiy tarmoqlarda uchrashuv bosh hakami sha`niga nisbatan haqoratli so`zlar ishlatgani uchun unga Intizom kodeksining 2-bo`lim 5.38-bandiga muvofiq moddiy jarima belgilandi.