Hamidjon Aktamov: Bizga biroz vaqt kerak

“Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Hamidjon Aktamov o`z fikrlarini bildirib o`tdi:

Yangi mavsum boshlangani bilan tabriklayman. Har doim ochilish o`yini qiyin bo`lib kelgan. Bu yil “Qizilqum”da katta o`zgarishlar bo`ldi. Murabbiylar shtabi, jamoa tarkibi almashdi. Bugun ijobiy natijaga eriga olmadik, ammo bu mavsum boshi. Futbolchilar bir-birlarini tushunib olishlari uchun vaqt kerak bo`ladi. Bugun kichik xatolar bois mag`lub bo`ldik. Bu futbol va muxlislarimizdan uzr so`rayman. Yo`l qo`yilgan xatolar ustida ishlab, ularni tuzatishga harakat qilamiz”, - dedi Aktamov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb