“Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev o`z fikrlarini bildirib o`tdi:
“Bugungi g`alabaning sababchisi xotirjamlik deyishim mumkin. O`tkazib yuborilgan goldan so`ng ham xotirjamlikni saqlagan holda yigitlar g`alabaga ishonch bilan harakat qilishdi va bugungi g`alabaning asosi bo`ldi.
Yaxshi tayyorgarlik ko`rgan edik. Faqat bugun ayrim sabablarga ko`ra etakchi futbolchilardan foydalana olmadik. Albatta, mavsumni g`alaba bilan boshlash yoqimli holat va barchani g`alaba bilan tabriklayman. Bugun uzoq yo`l bosib kelib, qo`llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirib qolaman.
Mavsum endi boshlandi va natijalar har xil bo`lishi mumkin. To`pni nazorat qilish, qarshi hujumlar ustida ish olib borishimiz kerak ekanligini ko`rinib qoldi”, - dedi Berdiev.