“Surxon” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi o`z fikrlarini bildirib o`tdi:
“Surxon” jamoasining ustunlik tomonlari standart vaziyatlardan foydalanish edi. Bugun ham shu jihat bo`yicha bosim uyushtirishdi. Lekin yigitlar bu bosimni qiyinchiliksiz bartaraf etishdi. Ikkinchi bo`limda gollar urdik. O`ylashimcha, hammasi to`g`ri bo`ldi. Chunki tanaffusdan so`ng ustunlikka ega bo`ldik va bundan foydalandik. To`pni nazorat qilib, qarshi hujumdan ham gol ura oldik.
“Surxon” tarkibida tajribali futbolchilar bor. Ular futbolni qanday o`ynash kerakligini juda yaxshi bilishadi. Aytganimdek, standart vaziyatlarda bizga bosim uyushtirishga harakat qilishdi. Qisqasi, “Surxon”yaxshi jamoa. Mavsum endigina boshlandi. Hali hamma narsa bo`lishi mumkin”, - dedi mutaxassis