“Surxon” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi o`z fikrlarini bildirib o`tdi:
“Avvalo muxlislarimizdan uzr so`rayman. O`yin haqida gapiradigan bo`lsam, birinchi bo`limda raqib darvozasi oldida yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Futbolda gol urgan jamoa g`alaba qozonadi. Navbatdagi uchrashuvlarda bugungi mag`lubiyat o`rnini to`ldirishga va vaziyatlardan foydalanish bo`yicha yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz.
Fikrimcha, bugun ikkinchi bo`limda konsentratsiyani yo`qotib qo`ydik. Raqibning qarshi hujumlarida yanada diqqatliroq bo`lishimiz lozim edi. Hakamlar haqida gapirmayman. Jismoniy holatimiz joyida. Bugun biz ko`proq hujum uyushtirdik. Shunchaki, hujumlarni golga aylantira olmadik. Agar gol urganimizda hisob bunday ko`rinish olmasdi, Tarkibni murabbiylar shtabi tanlaydi. Yangi bosh murabbiy masalasi tez orada hal etilsa kerak”, - dedi mutaxassis.