Dilyaver Vaniev: Yirik hisob bo`lishini kutmagan edim

“Mash`al” – “So`g`diyona” uchrashuvidan so`ng mezbonlar katta murabbyiDilyaver Vaniev o`z fikrlarini bildirib o`tdi:

“Birinchi navbatda futbol muxlislarini yangi mavsum bilan tabriklayman. Hozir barcha jamoamizni g`alaba bilan tabriklamoqda, ammo men natijadan qoniqish hosil qildim. Biroq o`yin borasida bunday deya olmayman. Boisi, muvaffaqiyatsizliklar ham bo`ldi, raqibda ham imkoniyatlar bo`ldi. To`g`risi, hisob 3:0 bo`lishini kutmagan edim.

Kelgusi tur Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib boramiz va ochko olishga, u erda bugungidek futbol ko`rsatishga harakat qilamiz”, – dedi Vaniev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb