“Mash`al” – “So`g`diyona” uchrashuvidan so`ng mehmonlar yordamchi murabbiyi Shuxrat Fayziev o`z fikrlarini bildirib o`tdi:
“Birinchi navbatda “Mash`al”ni qo`lga kiritilgan g`alaba bilan tabriklayman. Ilk daqiqalardayoq tezkor ikkita to`p o`tkazib yubordik va o`yinga qayta olmadik. Mazkur ikki gol o`yin natijasiga ta`sir etdi. Hujumda ham hech narsa o`xshamadi.
O`yinni tahlil qilamiz. Xatolar ustida ish olib boraimz. Mag`lubiyatda butun jamoa aybdor”, - dedi mutaxassis.