“Lokomotiv” – “Andijon” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirdi:
“Barchani boshlangan yangi mavsum bilan tabriklayman. O`yin tugaganidan keyin kiyinish xonasida yigitlarga faqatgina natija yoqqanini aytdim. Mavsum boshlanishidan oldin barcha jamoalar 1-turda yuqori kuch bilan tushishini kutgandim. Bugun ko`plab vaziyatlar yaratganimiz meni quvontirdi. O`yin sifatini yaxshilash borasida ko`plab ishlar olib borgandik. Jamoaning katta qismi o`zgargan. Ular hali jamoa tarzida shakllana olishmadi. Shu boisdan qo`lga kiritilgan qiyin g`alaba bilan ularni tabriklayman. Oldindagi katta mavsumni g`alaba bilan boshlaganimiz ularga ruxiy dalda bo`ladi”, - dedi Fyodorov.