“Lokomotiv” – “Andijon” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov quyidagicha fikr bildirdi:
“Barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. Oldinda chiroyli o`yinlar bizni doimo xursand qilishini istayman. Futbolchilar startdayoq katta kuch bilan o`ynashmoqda. Kecha chempionatning ilk o`yinida ham yuqori shiddatni ko`rdik. Muxlislar bugun ajoyib bahsni kuzatib borishdi. Tomonlar faqatgina hujumga e`tibor berishgani uchun juda ko`plab vaziyatlar bo`ldi. Shu boisdan jamoamiz endi oldinga qarab intiladi va yuqori natijalar haqida o`ylaydi”, - dedi Xomyakov.