“Qo`qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirdi:
“Bugun ochilish uchrashuvi bo`lgani tufayli o`yin shiddatli kechdi. Yirik g`alaba bir qarashda osondek tuyulishi mumkin, lekin bugun juda qiyin o`yin o`tkazdik. Ayniqsa, 1:0 hisobda oldinda borayotgan paytimizda raqib bosimni oshirdi. Juda his-hayajonga boy daqiqalar ko`p bo`ldi.
Lekin muxlislarimizning hayqiriqlari va qo`llab-quvvatlashlari tufayli futbolchilarimiz yana oldinga intilishdi. Ikkinchi golni kiritib olganimizdan keyin ham yigitlar o`yin shiddatini tushirishmadi, buning uchun ularga rahmat aytaman. Bugungi g`alabamizdagi asosiy faktorlardan biri bu stadionda bizni qo`llab turgan muxlislarimiz bo`ldi. Stadionda yaratilgan ajoyib atmosfera uchun muxlislarimizga jamoamiz nomidan katta rahmat aytaman”, - dedi Ashurmatov.