Shota Arveladze: Mavsum boshida muhim g`alabani qo`lga kiritdik

“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirdi: 

“Birinchi navbatda yangi mavsum bilan tabriklayman. Afsuski “Navbahor”ga qarshi o`yinlarimizda futboldan ko`ra janjal ko`proq bo`ladi.

Futbol haqida gapiradigan bo`lsam, namanganliklar o`z darvozalari yaqinida harakat qilishdi. Biz to`pni ko`proq nazorat qildik, ammo ko`p vaziyat yarata olmadik. Boisi raqib yaxshi himoyalandi. Darvozabon 3-4 vaziyatda jamoasini qutqardi. Mavsum avvalida muhim g`alabani qo`lga kiritdik”, - dedi gruziyalik mutaxassis.

mib
uzcard
cola
apex
bmb