“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirdi:
“Birinchi navbatda “Paxtakor”ni g`alaba bilan tabriklayman. Ikki xil taym guvohi bo`ldik.. Birinchi bo`limda tengga-teng o`ynagan vaqtimizda ustunlikka ega bo`ldik. Ammo chetlatish yakuniy natijaga ta`sir etdi.
Hayot davom etadi. Kelgusi bahslarga tayyorgarlik ko`rishimiz kerak. Hali yana bir nechta futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazishni rejalashtirganmiz. “Paxtakor”ga esa OChLda omad tilayman. Uzoq yo`l bosib kelgan muxlislarimizga rahmat aytaman”, - dedi rossiyalik mutaxassis.