Coca-Cola Superligasi va Coca-Cola kubogi bahslarida Puma to`plaridan foydalaniladi

Xabaringiz bor, 27 fevral kuni Coca-Cola Superligasida 2020 yilgi mavsum rasman start oladi. 

Yangi boshlanajak mavsumda O`zbekiston chempionati va kubogi bahslarida o`zgacha dizayn asosida tayyorlangan Puma to`plaridan foydalaniladi.  Bugun Coca-Cola Superligasining logotipi aks etgan mazkur to`plarning taqdimot marosimi bo`lib o`tdi.

Unda O`FA terma jamoalar bo`limi boshlig`i Aziz Haydarov, marketing bo`limi rahbari Baxtiyor Mametov hamda O`zbekiston U-14 terma jamoasi bosh murabbiyi Server Jeparov hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

"So`nggi vaqtlarda plastik to`plar keng miqyosda ishlab chiqarilmoqda, ammo menga ko`proq charmdan qilingan to`plar yoqadi. Puma to`plarining ham ajoyib ekanligiga guvoh bo`ldik. Xattoki Ispaniya La Ligasi ham mazkur to`plardan foydalanmoqda. O`ylashimcha, bu to`p bizning ob-havoga va chempionatimizga juda ham mos keladi", - dedi Aziz Haydarov.

Puma bilan kelishuv haqida esa Baxtiyor Mametov quyidagi fikrlarni bildirib o`tdi:

"Coca-Cola Superligasi brendini ko`tarish ustida ish olib bormoqdamiz va aynan mazkur kompaniya vakillari yurtimizga tashrifi davomida chempionatimiz logotipini to`plarga tushirib berishlarini ta`kidlashdi. 

Qolaversa, ertaga start oladigan chempionatning ilk bahsi - "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvida ham muxlislarni syurpriz kutib turibdi. Bunga ertaga bevosita stadionga keladigan tomoshabinlar guvoh bo`lishadi".

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb