Xabaringiz bor, 27 fevral kuni Coca-Cola Superligada 2020 yilgi mavsum rasman start oladi.
Yangi boshlanajak mavsumda O`zbekiston chempionati va kubogi bahslarida o`zgacha dizayn asosida tayyorlangan yangicha futbol to`plaridan foydalaniladi.
Yangi mavsum uchun alohida dizayn asosida ishlab chiqilgan yangi to`plar taqdimot marosimi ertaga soat 16:00da O`FA anjumanlar zalida tashkil etiladi.
Barcha turdagi OAV vakillarini taqdimot marosimiga taklif etamiz!