Apex Insurance – O`zPFLning sug`urta bo`yicha hamkoriga aylandi

O`zbekiston Professional Futbol Ligasi yangi mavsum oldidan Apex Insurance sug`urta kompaniyasi bilan hamkorlik bo`yicha shartnoma imzoladi.

Aynan sug`urta bo`yicha mamlakatimizning etakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan ushbu sug`urta kompaniyasi yangi mavsumda O`zbekiston Professional Ligasi bilan hamkorlik qiladi.

2020 yilgi mavsumda O`zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o`tkaziladigan Superliga, U-21, Pro-liga, Birinchi liga, ayollar Oliy ligasi, futzal Oliy ligasi musobaqalarida ishtirok etuvchi barcha sportchi (futbolchi)lar hamda ushbu musobaqalarni boshqaruvchi hakam va nazoratchilarini baxtsiz hodisalardan sug`urta qilish aynan Apex Insurance tomonidan amalga oshiriladi. Hamkorlik doirasida O`zPFL tomonidan o`kaziladigan barcha musobaqalarda qatnashadigan futbolchilarning sug`urtasi bilan bog`liq harajatlar O`zPFL tomonidan qoplanadi

mib
uzcard
cola
apex
bmb