
Bugun 8 fevral, shanba kuni Coca-Cola Superligasining yangi mavsumi uchun qur`a tashlandi. Shu bilan birgalikda 2020 yilgi Coca-Cola O`zbekiston kubogi finali bo`lib o`tadigan shahar ham qur`a tashlab, aniqlab olindi.
O`tgan mavsum Coca-Cola Superligasida eng ko`p muxlis to`plagan 3 stadion - Namangan, Qarshi va Jizzax shaharlari finalni qabul qilish borasida saralab olindi va qur`a natijasiga ko`ra, final Namangandagi "Navbahor" markaziy stadionida bo`lib o`tadigan bo`ldi.