2021 yilda o`zbek jamoalari OChLda "1+1" ko`rinishidagi kvotaga ega bo`ladi

2020 yil Coca-Cola Superligasida chempion bo`lgan jamoa to`g`ridan-to`g`ri Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etadi.

Kubok sohibi esa OChL saralash bosqichida qatnashadi. Billur sovrin egasi saralash bosqichida g`olib bo`lib, guruh yo`llanmasini qo`lga kiritsa, Coca-Cola Superligasining yana bir jamoasida OFK Kubogida qatnashish imkoniyati bo`ladi.

Agarda, mag`lubiyatga uchrasa, o`sha jamoaning o`zi OFK Kubogiga yo`l oladi. Ya`ni, Coca-Cola O`zbekiston Kubogi g`olibi Osiyo Chempionlar ligasining saralash bosqichida g`olib chiqsa, xalqaro musobaqadagi jamoalarimiz soni 3 taga aylanadi, yutqazib qo`ysa, ikkitaligicha qoladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb