Xabaringiz bor, Superliganing yangi mavsumi 28 fevral kuni start oladi. Yangi mavsum uchun qur`a tashlash marosimi esa 8 fevral kuni soat 18:00 da bo`lib o`tadi.
“Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadigan marosim “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Ma`lumot uchun, joriy yilgi mavsumda ham Superligada 14 jamoa ishtirok etadi. Quyi ligaga tushib ketgan “Dinamo”ning o`rniga A Pro-liga g`olibi – “Mash`al” ishtirok etadi.