OAV xodimlari diqqatiga!

2020 yilgi O`zbekiston Chempionati va Kubogi uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi.

O`zbekiston Professional Futbol Ligasi matbuot xizmati 2020 yilgi O`zbekiston Chempionati va Kubogi bahslari uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o`tkazish jarayoni boshlanganini ma`lum qiladi. 

2020 yilgi Superliga, Pro-Liga va O`zbekiston Kubogi uchrashuvlarini bevosita stadionning o`zida yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o`z xodimlari ro`yxati kiritilgan arizani 3 fevral kunidan 21 fevralgacha O`zPFL matbuot xizmati elektron pochtasi (uzpflmedia@gmail.com)ga jo`natishlari talab etiladi. 

 

Akkreditatsiyaga ariza berish na`munasi va talablari bilan O`zPFL rasmiy saytining «Hujjatlar» bo`limidagi «Akkreditatsiyadan o`tkazish tartibi» faylini ko`chirib olish orqali tanishish mumkin.

 

Ma`lumot o`rnida, 2013 yilda O`zPFL Matbuot xizmati tomonidan «Akkreditatsiyadan o`tkazish tartibi» ishlab chiqilgan bo`lib, unda jurnalistlarga akkreditatsiya berish jarayonida e`tibor qaratiladigan jihatlar batafsil ko`rsatib o`tilgan. 

 

Qayd etish joiz, akkreditatsiya sportga ixtisoslashgan internet-nashrlari xodimlariga nashrning O`zbekiston qonunchiligiga asosan rasman ro`yxatdan o`tganligi va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000 dan ortiq bo`lishiga qarab berilishi ko`zda tutilgan. 

 

Ta`kidlab o`tamiz, 2020 yilgi mavsum uchun barcha turdagi akkreditatsiya kartalari faqat O`zPFL matbuot xizmati tomonidan beriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb