Coca-Cola Superliga yangi mavsumi 28 fevral kuni start oladi
O`zbekiston Professional Futbol Ligasi yangi mavsum taqvimini ishlab chiqdi. Unga ko`ra, O`zbekiston chempionati Superliga-2020 bahslari rasman 28 fevral kuni start oladi.
Yangi mavsumning ilk tur bahslari 28-29 fevral hamda 1 mart kunlariga belgilangan.
Mavsum taqvimi bilan keyinroq batafsil O`zPFL rasmiy saytida tanishish mumkin.