Yilning eng yaxshilari aniqlandi

Bugun poytaxtimizdagi “Zarafshon” kontsert zalida O‘FAning yillik hisobot Kongressi va yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda funktsionerlar, murabbiylar va futbolchilar, nuroniylar – umuman o‘zbek futboli namoyondalari jam bo‘lishdi. Jami 21 ta nominatsiya bo‘yicha yilning eng yaxshilari aniqlandi.

-         O‘zbek futboli nuroniysi – Narimon Jalolov

-         O‘zbek futboli rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun – Anvar Xadjiev (Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasibosh direktori)

-         Fidoyilik ramzi – Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi)

-         Samarali hamkorlik uchun – Uzbekinvest, Trastbank, Euro Incurance, SPORT TV

-         Muxlislar tashrifi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich – “Navbahor”

-         Eng yaxshi futbol jurnalisti – Qahramon Aslanov

-         Eng yaxshi hududiy assotsiatsiya – Andijon FA

-         Eng yaxshi yoshlar murabbiyi – Ro‘ziqul Berdiev (“Nasaf”)

-         Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi – Jasur Jaloliddinov (“Bunyodkor”)

-         Coca-ColaSuperligasining eng chiroyli goli – Muzaffar Muzaffarov (“Metallurg”)

-         Yilning eng yaxshi hakami – Valentin Kovalenko

-         Feyr pley – “Nasaf”

-         Yilning eng yaxshi futzalchisi – Akbar Usmonov (AGMK)

-         “Jasorat” sovrini – O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi

-         Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi – Umida Zoirova (“Bunyodkor-W”)

-         Coca-Cola Superligasida Yil ramziy terma jamoasi:

Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”) – Farruh Sayfiev (“Paxtakor”), Igor Golban (“Navbahor”), Sardor Qulmatov (“So‘g‘diyona”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”) – Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar Qodirqulov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Lokomotiv”), Xurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”) – Dragan Cheran (“Paxtakor”), Humoyun Murtozaev (“Nasaf”) – Bosh murabbiy: Ulug‘bek Baqoev (“So‘g‘diyona”)

-         Coca-Cola Superligasining eng yaxshi futbolchisi – Dragan Cheran (“Paxtakor”)

-         Coca-Cola Superligasi to‘purari – Dragan Cheran (“Paxtakor”)

-         Coca-Cola Superligasida mavsumning eng yaxshi murabbiyi – Shota Arveladze (“Paxtakor)

-         Yilning eng yaxshi murabbiyi – Vadim Abramov (“Bunyodkor” va O‘zbekiston MTJ)

-         Yilning eng yaxshi futbolchisi – Eldor Shomurodov (“Rostov” va O‘zbekiston MTJ).

mib
uzcard
cola
apex
bmb