Bugun poytaxtimizdagi “O`zbekiston” sport majmuasida futzal bo`yicha XXIII mamlakat chempionatida uchinchi o`rin uchun o`yin bo`lib o`tdi.
Unda Namanganning “Navbahor” klubi Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan bellashuvning asosiy va qo`shimcha bo`limlarida kuchlar teng keldi – 4:4. Penaltilar seriyasida esa “Navbahor” futzalchilari aniq harakat qilishdi – 2:1.
Ertaga bo`lib o`tadigan uchinchi qarama-qarshilik esa bizga bronza medallari egasini aniqlab beradi.
3-o`rin uchun o`yin
16 dekabr, dushanba
NAVBAHOR – NASAF 4:4 penaltilar seriyasi 2:1 (67 tomoshabin)
Hakamlar: Jamoliddin Qosimov, Umid Po`latov, Askar Arzibekov, Shakvat Muhitdinov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Gollar: Ilhom Yusufjonov (7), Hakimjon Abdurashidov (10), Farhod Shokirov (34), G`ulom Mamajonov (43) – Sunnatulla Jo`raev (23, 26), Samandar Ochilov (28), Oybek Polvonov (44)
Ogohdantirishlar: Abdullo O`rinboev, 30, Dovudxon Sadriddinov, 30, Isaxon Ibragimov, 32 – Sunnatulla Jo`raev, 9, Mamasharif Halimov, 18.