Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi har oydan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab kelmoqda: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishyapti.
Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etib kelmoqda. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etib bormoqda.
Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarishsiz qolgan. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi.
Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.
Ortda qolgan noyabr oyida Coca-Cola Superligasida 3 ta tur uchrashuvlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi.
Quyida oyning eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun da`vogarlar ro`yxati taqdim etiladi:
Noyabr oyining eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
|
Ignatiy Nesterov |
“Lokomotiv” |
3 o`yin, 3 quruq o`yin, 6 seyv |
|
Abduvohid Ne`matov |
"Nasaf" |
3 o`yin, 9 seyv |
|
Suhrob Sultonov |
AGMK |
3 o`yin, 13 seyv |
|
Aleksandr Lobanov |
“Metallurg” |
3 o`yin, 3 quruq o`yin, 2 seyv |