Bugun Coca-Cola Superligasida 26-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o`z maydonida “So`g`diyona”ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o`ynadi.
Shu tariqa, “qaldirg`ochlar” hisobidagi ochkolar soni 43 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o`rinni egallab, kelgusi mavsum OChL saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritdi.
Coca-Cola Superligasi / 26-tur
30 noyabr, shanba
BUNYoDKOR – SO`G`DIYoNA 2:2
Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 1568 tomoshabin
Hakamlar: Temur To`xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Axmed Tillaev
Gollar: Islomjon Qobilov, 41 (1:0), Nurillo To`xtasinov, 60 (2:0), Islomjon Qobilov, 61 avtogol (2:1), Kaxi Maxaradze, 75 (2:2)
“Bunyodkor”: Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Anvar G`ofurov, Dilshodbek Ahmadaliev (Abdulla Abdullaev, 82), Xurshid G`iyosov (Sanjar Tursunov, 68), Javohir Qahramonov, Lutfulla To`raev, Mirjahon Mirahmadov (Vladislav Nuriev, 70), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To`xtasinov, Shohrux Gadoev.
“So`g`diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Sanjar Rashidov (Jasur Hasanov, 46), Shoxruz Norxonov, Jamshid Boltaboev, Nikola Milinkovich, Sherzod Fayziev (Dian Talxatov, 80), Shaxboz Jo`rabekov (Sahob Rashidov, 46).
Ogohlantirishlar: Mirjahon Mirahmadov, 64, Abdumavlon Abdujalilov, 89, Sanjar Qodirqulov, 90+2 – Sanjar Rashidov, 18, Jamshid Boltaboev, 54, Sardor Qulmatov, 64.