27 noyabr kuni Coca-Cola Superligasida 25-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Mazkur turdan o`rin olgan “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalari o`rtasidagi o`yin “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi.
Birinchi davrada “Bunyodkor” stadioni tayyor bo`lmagani uchun “Paxtakor” uchrashuvni o`z maydonida qabul qilishga rozi bo`lgan edi. Kelishuvga ko`ra, ikkinchi uchrashuv ham “Paxtakor”da o`tishi kerak edi. Biroq “sherlar” muddatidan avval chempion bo`lgani, shuningdek, ayni vaqtda “Bunyodkor” stadioni o`yinlarga tayyor bo`lganidan kelib chiqib, yuqoridagi qarorga kelindi.