
Olmaliqda ayollar futboli bo`yicha O`zPFL Liga kubogi musobaqasi yakuniga etdi. So`nggi bahsda “Navbahor-W” Samarqandning “Dinamo-W” jamoasi bilan kuch sinashdi va 3:0 hisobidagi yirik g`alabani qo`lga kiritdi.
Shu tariqa namanganliklar O`zPFL kubogini qo`lga kiritishdi. Ularga mazkur sovrinni FIFA mutaxassisi Andrey Vashkevich topshirdi.
Ayollar futboli bo`yicha O`zPFL Liga kubogi
16 noyabr, shanba
NAVBAHOR-W - DINAMO-W 3:0
Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 54 tomoshabin
Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Roziyabonu Yusupova, Xayriniso Erkinova
Nazoratchi: Ro`zim Davletmuradov
Komissar: Oybek Yunusov
Gollar: Nargiza Abdurasulova, 59 (1:0), Nilufar Dadajonova, 61 (2:0), Nargiza Abdurasulova, 71 (3:0)
Ogohlantirish: Yo`q.