Oktyabr oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi har oydan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab kelmoqda: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishyapti.

 

Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etadi.

 

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarishsiz qolgan. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi.

 

Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi.

 

Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.

 

Ortda qolgan oktyabr oyida Coca-Cola Superligada 3 ta tur uchrashuvlari o`tkazildi.  

 

Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi. 

 

Quyida oyning eng chiroyli goliga nomzodlar ro`yxati taqdim etiladi:  

 

Oktyabr oyining eng chiroyli goliga nomzodlar :

 

 

Nomzod

Klub

Qaysi o`yinda?

Erkin Baydullaev

AGMK

AGMK – “Nasaf”

Jamshid Iskanderov

“Lokomotiv”

AGMK – “Lokomotiv”

Elguja Grigalashvili

AGMK

AGMK – “Lokomotiv”

Oybek Bozorov

“Nasaf”

“Nasaf” – “Andijon”

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb