
Bugun O`zbekiston Liga kubogida yarim final uchrashuvlari bo`lib o`tdi. «Qo`qon-1912» o`z maydonida «Paxtakor»ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, Shota Arveladze boshqaruvidagi «sherlar» Liga kubogida ham final yo`llanmasini qo`lga kiritishdi.
O`zbekiston Liga kubogi / Yarim final
22 oktyabr, seshanba
QO`QON-1912 – PAXTAKOR 2:4
Qo`qon. «Markaziy» stadioni. 3356 tomoshabin
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Aleksandr Davidenko
Gollar: Dragan Cheran, 5 (0:1), Suhrob Berdiev, 7 penaltidan (1:1), Odiljon Hamrobekov, 45+2 (1:2), Igor Sergeev, 59 (1:3), Dostonbek Hamdamov, 79 (1:4), Shaxboz Erkinov, 80 (2:4)
«Qo`qon-1912»: Islomjon Abdullaev, Jamshid Hasanov, Quvondiq Ro`ziev (Timur Hakimov, 64), Avazxon Mamatxo`jaev (Alisher Samatov, 84), Oybek Rustamov, Suhrob Berdiev, Iqboljon Malikjonov, Aleksandr Merzlyakov, Jasurbek Yoqubov, Xamidullo Abduhamidov, Otabek Haydarov (Shaxboz Erkinov, 73).
«Paxtakor»: Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeev, Egor Krimets (Sherzod A`zamov, 46), Dostonbek Hamdamov, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo`jaev (Vladimir Kozak, 81), Farruh Sayfiev, Marko Simich.
Ogohlantirishlar: Oybek Rustamov, 50 – Odiljon Hamrobekov, 6.