
Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan kelishilgan o`yinlar hamda totalizatorga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilish bo`yicha kelishib olgan edi.
Ushbu hamkorlik natijasi o`laroq, “A” Pro-liga ishtirokchisi “Iftixor” hamda “B” Pro-ligada ishtirok etib kelayotgan “Rash Milk” futbol klublarining kelishilgan o`yinlarga aloqador ekanligi, shuningdek Reglament talablarini qo`pol ravishda buzib kelayotgani aniqlandi.
Shu sababdan O`FAning Intizom va odob-ahloq (etika) va Litsenziyalash qo`mitalarining qaroriga asoslanib PFL tomonidan 2019 yilgi mavsumda “Rash Milk” futbol klubiga O`zbekiston chempionatining “V” Pro-ligada, “Iftixor” futbol klubiga esa “A” Pro-ligada ishtirok etish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishi tugatildi va ushbu ikki klub musobaqalardan chetlashtirildi.