Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo`lishga nomzodlar

Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi har oydan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab kelmoqda: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishyapti.

 

Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etadi.

 

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi.

 

Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.

 

Ortda qolgan sentyabr oyida Superligada 2 ta tur uchrashuvlari o`tkazildi.  Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi.

 

Quyida oyning eng yaxshi futbolchisi bo`lish uchun nomzodlar ro`yxati taqdim etiladi: 

 

Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo`lish uchun nomzodlar:

 

Nomzod

Klub

Erishdi

Elguja Grigalashvili

AGMK

2 o`yin, 2 gol

Dostonbek Hamdamov

“Paxtakor”

2 o`yin, 2 gol

Shaxboz Erkinov

“Qo`qon-1912”

2 o`yin, 1 gol + 1 assist

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb