Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi har oydan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab kelmoqda: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishyapti.
Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etib bormoqda.
Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi.
Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.
Ortda qolgan sentyabr oyida Coca-ColaSuperligada 2 ta tur uchrashuvlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi.
Quyida oyning eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun da`vogarlar ro`yxati taqdim etiladi:
Sentyabr oyining eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
|
Milan Mitrovich |
“So`g`diyona” |
2 o`yin, 2 quruq o`yin, 4 seyv |
|
Vitaliy Mirniy |
“Andijon” |
2 o`yin, 2 quruq o`yin, 3 seyv |
|
O`tkir Yusupov |
“Navbahor” |
2 o`yin, 1 quruq o`yin, 9 seyv |