Bugun Coca-Cola Superligasida 20-tur uchrashuvlari start oldi. “Qo`qon-1912” o`z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o`ynadi.
Coca-Cola Superligasi / 20-tur
QO`QON-1912 – LOKOMOTIV 1:1
Qo`qon. “Markaziy” stadion. 4555 tomoshabin
Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, G`ayrat Jo`raev
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Erkin Baxtiyorov
Gollar: Suxrob Berdiev, 35 (1:0), Temurxo`ja Abduxoliqov, 67 (1:1)
“Qo`qon-1912”: Islom Abdullaev, Jamshid Xasanov, Quvondiq Ro`ziev (Zafar To`raev, 81), Timur Xakimov (Jahongir Ahmadov, 62), Avazxon Mamatxo`jaev, Oybek Rustamov, Suxrob Berdiev (Xamidullo Abduhamidov, 85), Iqboljon Malikjonov, Shaxboz Erkinov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov.
“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Oston O`runov (Smit Medina), Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzaev, Temurxo`ja Abduxoliqov (Javoxir Esonqulov, 90), Islom To`xtaxo`jaev, Yovan Jokich (Arslanmurat Amanov, 46), Davronbek Xoshimov, Diyorjon Turopov, Igor Elich.
Ogohlantirishlar: Shaxboz Erkinov, 64 – Igor Elich, 76, Davronbek Xoshimov, 80.