Avgust oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi har oydan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab kelmoqda: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishyapti.

Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi.

Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.

Ortda qolgan avgust oyida Superligada 3ta tur uchrashuvlari o`tkazildi.  Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi. 

Quyida oyning eng chiroyli goliga nomzodlar ro`yxati taqdim etiladi:  

 

Avgust oyining eng chiroyli goliga nomzodlar :

 

Nomzod

Klub

Qaysi o`yinda?

Muzaffar Muzaffarov

“Metallurg”

“Metallurg” – “Navbahor”

Murod Xolmuhammedov

“Qo`qon-1912”

“Qo`qon-1912” – “Nasaf”

Marat Bikmaev

“Paxtakor”

“Paxtakor” – “Buxoro” /Birinchi goli

Shavkat Salomov

“Surxon”

“Qo`qon-1912” – “Surxon”

Shoxruz Norxonov

“So`g`diyona”

“Buxoro” –“So`g`diyona”

Aziz Turg`unboev

“Navbahor”

“Andijon” – “Navbahor”

 

Dragan Cheran

“Paxtakor”

“Paxtakor” – “Buxoro” / Ikkinchi goli

mib
uzcard
cola
apex
bmb