«Dinamo» - «Buxoro» uchrashuvi 27 avgustga ko`chirildi

Xabaringiz bor, 26-28 avgust kunlari Coca-Cola Superligasida 18-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi. Mazkur tur doirasida 26 avgust, dushanba kuni «Dinamo» o`z maydonida «Buxoro»ni qabul qilishi kerak edi.

Joriy yilning 26 avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimini o`tkazilishi belgilangan. Mazkur festivalning ochilish marosimiga O`zbekiston Respublikasidagi chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining vakillari hamda boshqa nufuzli mehmonlarning tashrifi ham ko`zda tutilgan. Ayni vaqtda davlat va jamoat tashkilotlarining barcha e`tibori ushbu ochilish marosimini yuqori saviyada o`tkazilishini ta`minlashga qaratilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, shu kuni bo`lib o`tishi rejalashtirilgan Coca-Cola Superliganing 18-turi doirasidagi «Dinamo» - «Buxoro» futbol klublari o`rtasidagi uchrashuv   27 avgust kuni (soat 17:00) ga ko`chirildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb