
Kecha Coca-ColaO`zbekiston kubogida chorak final uchrashuvlari start oldi. A Pro-liga vakili «Oq-Tepa» jamoasi amaldagi g`olib – AGMK klubiga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Coca-ColaO`zbekiston kubogi / chorak final
21 avgust, chorshanba
OQ-TEPA – AGMK 3:4
Toshkent viloyati. «Do`stlik» stadioni. 216 tomoshabin
Hakamlar: Akobir Shukrullaev, Avaz Abdullaev, Husniddin Bahodirov, Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov
Komissar: Abbos Ahrorov
Gollar: Dilshod Jo`raev, 22 (0:1), Elguja Grigalashvili, 41 (0:2), Elguja Grigalashvili, 43 (0:3), Pavel Purishkin, 47 (1:3), Pavel Purishkin, 49 (2:3), Elguja Grigalashvili, 53 (2:4), Pavel Purishkin, 86 (3:4)
«OQ-TEPA»: Akrom Xo`jaev, Sherzod Qodirov, Muzaffar Abdullaev, Mirzohid Mirsaidov (Pavel Purishkin, 46), Islomjon Ismoilov, Davron Mamatov, Saveliy Abramov (Xamidxon Rustamxonov, 46), Akromjon Baxritdinov (Javohir Omonov, 64), Bilolxon Toshmirzaev, Maqsudjon Mahmudov, Jamshid Yusupov.
AGMK: Suhrobjon Sultonov, Erkin Boydullaev (Jasur Umarov, 53), Dilshod Jo`raev, Elguja Grigalashvili, San`at Shixov, Zafar Polvonov (Jasur Hakimov, 46), Akmal Shorahmedov, Bobur Yo`ldoshev, Igor Zonich, Jasur Yaxshiboev (Murod Toshmatov, 86)
Ogohlantirishlar: Jamshid Yusupov, 78, Muzaffar Abdullaev, 81 – yo`q.