
Xabaringiz bor, O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O`zbekiston Professional futbol ligasi Coca Cola va Fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi bilan hamkorlikda yangi loyiha — “Mahalagga mahalla” musobaqasini o`tkazishi borasida xabar bergan edik.
Poytaxtimizning 11 tumanidagi 506 mahalla g`oliblik uchun kurash olib boradigan ushbu turnirda 14 va 15 yoshli o`smirlar o`z mahallalari sharafini himoya qilishmoqda.
Mazkur turnirning tuman bosqichi Bektemir tumanidan boshlandi. Ushbu tuman tasarrufidagi 12 ta mahalla shahar bosqichiga chiqish uchun yashil maydonda kurash olib borishdi va yakunda Rohat va hamda Zilola mahallalari finalga etib kelishdi. Qizg`in va murosasiz tarzda kechgan bellashuvda esa Rohat mahallasi sharafini himoya qilgan o`smirlar 2:0 hisobida zafar quchishdi va turnirning shahar bosqichiga yo`l olishdi.
Coca-Cola "Mahallaga mahalla" / 1-bosqich (Bektemir tumani)
Zilola – Mirishkor 4:0
Majnuntol – Chashma 2:5
Rohat – Binokor 2:1
Abay – Iqbol 1:0
Bektemir – Oltintopgan 3:0
Husayn Boyqaro – Nurafshon 1:5
Coca-Cola "Mahallaga mahalla" / 2-bosqich (Bektemir tumani)
Zilola – Chashma 2:3
Rohat – Abay 7:0
Bektemir – Nurafshon 2:5
Coca-Cola Mahallaga mahalla / yarim final (Bektemir tumani)
Chashma – Rohat 0:1
Nurafshon – Zilola 1:3
Coca-Cola Mahallaga mahalla / final (Bektemir tumani)
Rohat – Zilola 2:0.