10—11 avgust kunlari Coca Cola Superligasida 16-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Mazkur tur doirasidagi “Navbahor” — AGMK o`yini 11 avgust kuni bo`lib o`tishi kerak edi. Har ikki jamoada o`z vaqtida “Paxtakor” tarkibida to`p surgan qator mutaxassislar faoliyat olib boradi. Ularning “Paxtakor-79” xotira kechasida ishtirok etish rejalaridan kelib chiqib, ikki klub o`zaro kelishgani holda uchrashuvni bir kun avvalroqqa surishni so`radi. Xat reglamentda ko`rsatilgan muddatgacha yozilgani, “Sport” telekanali hali o`z dasturlari rejasini tasdiqlab ulgurmagani, shuningdek, mazkur o`yinning ko`chishi xavfsizlik va boshqa masalalarda O`zPFLga noqulaylik tug`dirmasligidan kelib chiqib, uchrashuv vaqti o`zgartirildi.
Qolgan uchrashuvlar o`z vaqtida o`tadi. Quyida “Sport” telekanalining translyatsiyalar masalasidagi rejasi bilan tanishib olishingiz mumkin.
10 avgust, shanba
18:00 SURXON — LOKOMOTIV Sport telekanali
18:00 DINAMO — QO`QON-1912 Mahalla telekanali
20:00 NAVBAHOR — AGMK Mahalla telekanali
20:00 PAXTAKOR — BUXORO Sport telekanali
11 avgust, yakshanba
04:15 DINAMO — QO`QON-1912 Sport telekanali takror
07:55 NAVBAHOR — AGMK Sport telekanali takror
20:00 METALLURG — ANDIJON Mahalla telekanali
20:00 SO`G`DIYoNA — QIZILQUM
20:00 NASAF — BUNYoDKOR
21:45 NASAF — BUNYoDKOR Sport telekanali takror
12 avgust, dushanba
00:05 SO`G`DIYoNA — QIZILQUM Sport telekanali takror
Taqvim ishlab chiqilayotgan vaqtda Qurbon hayitining tahminan 12 avgust sanasiga to`g`ri kelishi ko`zda tutilgandi. Hayit bayramining bir kun ertaroq nishonlanishi sabab, 16-turning uch o`yini shu kunga to`g`ri keladi.