30 iyuldan Coca-Cola Superligada 15-tur uchrashuvlari start oladi.
Tur doirasida “Lokomotiv” o`z maydonida “Dinamo” bilan bahs yuritadi. Uchrashuvda “temiryo`lchilar” qizil-yashil rangli sport formalarida maydonga chiqishadi. “Dinamo” futbolchilari esa oq rangdagi formada harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Lokomotiv” — “Dinamo” uchrashuvi 30 iyul, seshanba kuni soat 19:00da bo`lib o`tadi.