26 iyuldan Coca-Cola Superligada 14-tur uchrashuvlari start oladi.
Tur doirasida “Surxon” o`z maydonida “Nasaf” bilan bahs yuritadi. Uchrashuvda termizliklar oq rangli sport formalarida maydonga chiqishadi. “Ajdarlar” esa ko`k ranglardagi formada harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Surxon”— “Nasaf” uchrashuvi 27 iyul, shanba
kuni soat 18:00da bo`lib o`tadi.