Ayollar chempionati 2-bosqichiga qur`a tashlandi

Ayollar o`rtasidagi O`zbekiston chempionati ikkinchi bosqichiga qur`a tashlandi. Ushbu chempionat o`yinlari ikki mintaqaga bo`lingan holda o`tkazilmoqda va mintaqalarda yuqori o`rinlarni qo`lga kiritgan jamoalar ikkinchi bosqichda sovrinli o`rinlar uchun o`zaro kurashadilar. Mintaqalarda pastki o`rinlarni qo`lga kiritgan jamoalar esa, quyi ligaga tushib ketmaslik uchun o`zaro bahslarni davom ettirishadi.

Yuqori pog`onalar uchun kurashayotgan 8ta jamoa “uy-mehmon” tizimida o`zaro ikki davrada kurash olib borishsa, kuchli sakkizlikdan pastdagi jamoalar markazlashgan holda bir davrali bahslarda bahs olib borishadi.

2-bosqich. 1-davra, 1-tur.

5 avgust

“Bunyodkor” – “Metallurg”

 

“Lokomotiv” – “Paxtakor”

 

6 avgust

 

AGMK – “So`g`diyona”

 

“Qizilqum” – “Sevinch”

 

9-16-o`rinlar uchun bahslarning 1-turiga 7-11 avgust kunlari Namangan shahri (“Navbahor” klubi) mezbonlik qiladi.

 

8 avgust

 

“Buxoro” – AGMK

 

“Navbahor” – Dinamo”

 

“Neftchi” – “Sho`rtan”

 

“Andijanka” – “Surxon”

 

Mazkur guruhning 2-tur o`yinlariga 21-24 sentyabr kunlari Termiz shahri (“Surxon” jamoasi) mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.

 

O`zbekiston kubogining chorak finalida kim kim bilan maydonga tushishi oldindan ma`lum edi. Qur`a faqat kimning mezbonlik qilishi masalasiga oydinlik kiritib berdi. Qur`aga ko`ra bitta uchrashuvdan iborat chorak final o`yinlari quyidagicha ko`rinish oldi:

 

O`zbekiston kubogi. ¼ final

 

4 oktyabr

 

“So`g`diyona” – “Sevinch”

 

“Sho`rtan” – “Lokomotiv”

 

5 oktyabr

 

 

AGMK – “Metallurg”

 

“Paxtakor” – “Bunyodkor”

 

Yarim final o`yinlari 19 oktyabrga, final esa 26 noyabrga belgilandi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb