
O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unga ko`ra, bir qator futbolchilar va rasmiylarga nisbatan turli xil sanktsiyalar qo`llanildi.
Ayollar chempionati
Uchrashuv: “Navbahor-W” – “Andijanka”
Jarimaga tortildi: Xurshid To`ychiboev (“Andijanka” klubi boshlig`i)
Sabab: Hakam sha`niga nomaqbul gaplar ishlatgani uchun
Qaror: 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya
Kubok
Uchrashuv: “Dinamo” – “Yashnobod”
Jarimaga tortildi: Dilmurod Karimov (“Dinamo”)
Sabab: Raqib futbolchisi oyoqlariga oyog`i bilan zarba bergani va tajovuzkor hatti-harakati uchun
Qaror: 4ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va 3 mln so`m jarima
Uchrashuv: “Dinamo” – “Yashnobod”
Jarimaga tortildi: Amirjon Safarov (“Dinamo”)
Sabab: Raqib futbolchisi yuziga zarba bergani uchun
Qaror: 3ta o`yinga diskvalifikatsiya va 3 mln so`m jarima
“V” Pro Ligasi
Uchrashuv: “Turon” – “Rubin”
Jarimaga tortildi: Yavar Najafaliev (“Rubin” klubi bosh murabbiyi)
Sabab: Uchrashuv hakami va nazoratchisiga noroziligini qo`pol tarzda bildirgani uchun
Qaror: 1 mln jarima