Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi har oydan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab kelmoqda: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishyapti.
Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etadi.
Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi.
Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.
Ortda qolgan iyun oyida Superligada 3ta tur uchrashuvlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi.
Quyida oyning eng chiroyli goliga nomzodlar ro`yxati taqdim etiladi:
|
Nomzod |
Klub |
Qaysi o`yinda? |
№ |
|
Husniddin G`ofurov |
“Surxon” |
Surxon - Bunyodkor |
|
|
Dragan Cheran |
“Paxtakor” |
“Paxtakor” – “Qizilqum” |
|
|
Yovan Jokich |
“Lokomotiv” |
“Lokomotiv” – “Surxon” |
|
|
Nuriddin Hasanov |
“So`g`diyona” |
“So`g`diyona” – “Qo`qon-1912” |
|
|
Suhrob Berdiev |
“Qo`qon-1912” |
“So`g`diyona” – “Qo`qon-1912” |
|
|
Shahzod Shaymanov |
“Navbahor” |
“Navbahor” – “Buxoro” |
|
|
Server Jeparov |
“Metallurg” |
AGMK – “Metallurg” |
|