Iyun oyining eng yaxshi murabbiyi bo`lishga nomzodlar

Xabaringiz bor, O`zbekiston Professional futbol ligasi har oydan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab kelmoqda: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishyapti.

Joriy yildan e`tiboranTribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etadi.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o`zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi. Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.

Ortda qolgan iyun oyida Superligada 3ta tur uchrashuvlari o`tkazildi.  Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi. 

Quyida oyning eng yaxshi murabbiyi bo`lish uchun da`vogarlar ro`yxati taqdim etiladi:  

Iyun oyining eng yaxshi murabbiyi bo`lish uchun nomzodlar:

 

 

Nomzod

Klub

Erishdi

Shota Arveladze

Paxtakor

3 g`alaba

Vadim Abramov

Bunyodkor

1 g`alaba, 1 durang

Ro`ziqul Berdiev

Nasaf

2 g`alaba, 1 durang

Davron Fayziev

Dinamo

1 g`alaba, 1 durang

mib
uzcard
cola
apex
bmb