9 iyul kuni O`zbekistonda yozgi transfer oynasi rasman ochildi.
Coca Cola Superliga hamda Pro-liga ishtirokchi jamoalari 4 avgust soat 23:59 ga qadar o`z tarkiblarini yangi futbolchilar bilan to`ldirib olish imkoniyatiga ega.
O`zbekistonda yozgi transferlar davri reglamentda belgilangani kabi, 4 haftadan oshmaydigan muddatda, ya`ni 9 iyul - 5 avgust sanalari oralig`ida bo`lishi FIFA tomonidan tasdiqlangan.