28 iyundan Coca-Cola Superligada 13-tur uchrashuvlari start oladi.
Tur doirasida “Qo`qon-1912” o`z maydonida “Paxtakor” bilan bahs yuritadi. Uchrashuvda qo`qonliklar oq rangli sport formalarida maydonga chiqishadi. “Sherlar” esa sariq-ko`k rangdagi formada harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Qo`qon-1912” — “Paxtakor” uchrashuvi 29 iyun, shanba kuni soat 18:00da bo`lib o`tadi.