28 iyundan Coca-Cola Superligada 13-tur uchrashuvlari start oladi.
Tur doirasida “Qizilqum” o`z maydonida “Navbahor” bilan bahs yuritadi. Uchrashuvda navoiylik futbolchilar jamoasi qizil rangli sport formalarida maydonga chiqishadi. “Lochinlar”esa ko`k-oq-ko`k ranglardagi formada harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Qizilqum” — “Navbahor” uchrashuvi 28 iyun, juma kuni soat 20:00da bo`lib o`tadi.